Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida joylashgan 21 va 24 sonli umumtaʼlim maktablarida “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinfi tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida joylashgan 21 va 24 sonli umumtaʼlim maktablarida “Yosh gvardiyachilar” ixtisoslashtirilgan sinfi tashkil etildi.

Ochilishda Milliy gvardiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Anvarjon Musinov, maktab rahbariyati keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Shu kunning o‘zida maxsus vositalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Aytish joizki Milliy Gvardiya xodimlari tomonidan Farg‘ona viloyatidagi barcha tuman-shahar maktab va mahallalarda harbiy vatanparvarlik targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Harbiylar yoshlar bilan muloqot qilib ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlar sohasiga qiziqishini oshirmoqda.

O‘quvchilar tashrif buyurgan mehmonlarga jangovor mashqlarini namoyish etdi.  Joriy qilinayotgan tizim orqali, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, “huquqbuzarlikka qarshi immunitet” hosil qilish maqsad qilib olingan.Yosh gvardiyachilar harbiy sinf o‘quvchilari odatiy dars jarayonlarida harbiy kiyim kiygan holda qatnashadi.

Maʼlumot uchun: Ularga Milliy Gvardiya boshqarmasidan malakali mutaxassis yuboriladi. CHQBT fani o‘qituvchisidan tashqari Yosh gvardiyachilarga, sport mashg‘ulotlari va qo‘l jangi sanʼatlarini chuqur o‘rgatadi.

Darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarida, o‘zlari qiziqqan soha bo‘yicha sport to‘garaklariga jalb etiladi. Bular sirasiga  chavandozlar maktabiga borish, kamondan o‘q otish va boshqa to‘garaklar  ham kiradi.Bu kabi ishlar o‘quvchilarni vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirib harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydi. Hozirda Farg‘ona viloyati bo‘ylab harbiy sinflar bosqichma bosqich ochilishi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Text to speech