Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

FARG‘ONA VILOYATIDA ISHCHI GURUH TOMONIDAN SEL KELISH XAVFI MAVJUD BO‘LGAN HUDUDLARDA O‘RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida 2023 yil 28 yanvar kuni "Respublika aholisi va hududlarini toshqin suvlari, sel oqimlari, ko‘chki hodisalari xavfi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2023 yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida"gi videoselektor yig‘ilishida qo‘yilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida Milliy gvardiya qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari polkovnik I.Ibragimov, FVV masʼul xodimi Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik U.Yakubov, viloyat Toshqinga qarshi komissiya ishchi guruh vakillari tomonidan Farg‘ona viloyati hududidagi sel suv toshqin xavfi mavjud hududlar o‘rganilmoqda.

Xususan, Farg‘ona tumani Oqtom MFY Oqtom-1, Oqtom-2 selxonalari, Farg‘ona tumani Vodil gidrouzeli, Qo‘rg‘ontepa sel dambasi, Oqbilol sel ombori, Shohimardonsoy, Marg‘ilonsoy, Oltiariqsoy daryo o‘zanlari, Oqtepa va Choltagi sel yo‘llari, Vodil gidrouzeli(suv taqsimlash inshooti), "Oqbilol sel ombori" holatlari tekshirildi.

O‘rganishlar davomida ishchi guruh tomonidan daryo o‘zanlari qirg‘oqlari holati sel, suv toshqini mavsumida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligi, gidrotexnik inshootlarning aloqa vositalarining sozligi, navbatchilik olib borish tartibi, zaxira elektr manbalari mavjudligi, selxona va sel omborlarining sel, suv toshqinlarini betalafot qabul qilib olishi, tozalanganligi alohida eʼtibor qaratilib, mavjud kamchiliklar bo‘yicha masʼul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Text to speech