Farg‘ona viloyatida elektr transport vositalarini quvvatlovchi qurilmalarning noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi
Joriy yilning 7 fevral kuni soat taxminan 22.30 larda Farg‘ona viloyati Bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari va Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati harbiy xizmatchilari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Qo‘qon shahriga litsenziyasiz elektr transport vositalarini quvvatlovchi qurilmalar olib kirilishining oldi olindi.
Quvvatlagichlarni yashirin olib o‘tgan shaxsda tegishli hujjatlar bo‘lmaganligi bois, mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari Bojxona boshqarmasi tomonidan olib borilmoqda.