Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida "Siz qonunni bilasizmi" zakovat bilimdon viktorinasi bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tahsil olayotgan Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi safdorlar tarkibini boshlang‘ich tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tinglovchilar va Milliy gvardiya qo‘riqlash bosh boshqarmasi qo‘riqlash bo‘linmalari ishchi va xizmatchilarini boshlang‘ich tayyorlash bo‘yicha tinglovchilar o‘rtasida "Siz Qonunni bilasizmi?" mavzusida “ZAKOVAT” bilimdon ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda "Yosh gvardiyachilar", "Temur o‘g‘lonlari" hamda "Kelajak gvardiyachilari" jamoalari 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy bo‘lgan mazkur viktorinada ishtirokchilarning xar biri barcha shart bo‘yicha puxta tayyorgarlik ko‘rgani, ularning sohaga oid yangi qabul qilinayotgan qonun, farmon, qaror va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun va mohiyatidan yaxshi xabardor ekanligini anglash mumkin.

Bellashuv yakuniga ko‘ra Milliy gvardiya qo‘riqlash bosh boshqarmasi qo‘riqlash bo‘linmalari ishchi va xizmatchilarini boshlang‘ich tayyorlash bo‘yicha tinglovchilardan tashkil topgan "Kelajak gvardiyachilari" jamoasi g‘olib deb topildi.

Viktorinada faol qatnashgan va g‘olib bo‘lgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Text to speech