“GASHISH” GIYOHVANDLIK VOSITASINI SOTAYOTGAN SHAXS QO‘LGA OLINDI
Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya va Qo‘qon shahar IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Qo‘qon shahar Zargarlik ko‘chasida yashovchi 1994 y.t. fuqaro Sh.Q. “maxsus xaridor”ga 600 000 so‘m evaziga og‘irligi taxminan 3 gr. bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olinib, xolislar ishtirokida ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Bundan tashqari, fuqaro Sh.Q. ning yashash xonadoni atrofida yurgan Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro M.J. to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uning yonidan 1 dona o‘tkir hidli, qo‘ng‘ir tusli giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda borligi aniqlanib, bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Qo‘qon shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.