Farg‘ona viloyatida "Biz-ona vatanga sodiqmiz" shiori ostida hamkorlikdagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir avvalida masʼul rahbarlar tomonidan ushbu taʼlim dargohiga ilk qadam qo‘ygan o‘quvchi yoshlarga Vatanimiz kelajagi uchun munosib avlod bo‘lib yetishishlari, tantanali ravishda qabul qilayotgan qasamyodlariga bir umr sodiq qolgan holda, kelgusida O‘zbekiston Respublikasi xalqiga xizmat qiladigan mard o‘g‘lonlar bo‘lishlari lozimligi taʼkidlandi.
Tadbir o‘quvchi yoshlarning Tantanali vaʼda berish marosimi jarayonlariga ulandi.
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan tayyorlangan qo‘l jangi ko‘rgazmali chiqishlari barcha ishtirokchilarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.
Shuningdek, Milliy gvardiya viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan sportning kamondan otish turi bo‘yicha mohir sportchilar ishtirokidagi mahorat darslari tashkil etildi.
Mazkur maktabda tahsil olib kelayotgan bir qator iqtidorli, bilimli, sportchi yoshlarga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.