Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev tomonidan manzilli o‘rganish ishlari Farg‘ona viloyatida olib borildi  

Mazkur o‘rganish ishlari har bir viloyat xususiyatidan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda va Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev tomonidan olib borilayotgan ushbu manzilli ishlar, Davlatimiz rahbarining Qarorlari va videoselektor yig‘ilishlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosiga qaratilgan.

Joriy yilning 6 mart kuni Farg‘ona viloyatida olib borilgan o‘rganish ishlari davomida ham dastlab, Milliy gvardiya shaxsiy tarkibining jangovar va jismoniy tayyorgarligi tekshirildi. Unda viloyat hokimiyati va huquq-tartibot idoralari rahbarlari ishtirok etishdi.

- Tadbir davomida, dunyoda yuz berayotgan turli xavf xatarlardan kelib chiqib harbiy xizmatchilarning yuqori jangovar shayligi va ularning shahar sharoyitadagi nostandart vaziyatlarda aniq va ishonchli harakatlariga, shuningdek, boshqaruv tizimiga alohida eʼtibor qaratildi. Viloyatdagi kuch tuzilmalarining o‘zaro hamkorligini yana-da kuchaytirgan holda, shaxsiy tarkibning jangovar va maʼnaviy tayyorgarligini Jahon tajribasiga mos ravishda takomillashtirib borilishi borasida vazifalar yuklatildi.

- Manzilli ishlar davomida, Farg‘ona viloyatidagi maktablarda davomat masalalari va o‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi ishlar yuzasidan Farg‘ona shahridagi 5 maktabning 9 “Ye” “Yosh gvardiyachilar” sinfi (maʼlumot uchun bugungi kunga kelib, respublikamiz bo‘ylab 190 ta maktablarda 224 ta shu kabi sinflar faoliyati yo‘lga qo‘yildi va ularda o‘quvchilar soni 6029 nafarni tashkil qilmoqda, Farg‘ona viloyatida esa 43 ta maktablarda 47 ta “Yosh gvardiyachilar” sinflari ochilib ularda 1327 o‘quvchi tahsil olib qilmoqda) o‘quvchilari bilan, shuningdek, Davlatimiz rahbarining Sport sohasini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha belgilab bergan ustuvor vazifalarining amaliy ijrosi yuzasidan “Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash zaxira kolleji” dagi Kamondan va parakamondan otish murabbiylari va sportchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

- O‘rganish ishlari yakunida yig‘ilish o‘tkazilib, unda Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib istiqbolli chora-tadbirlar belgilandi. Tizim faoliyatida sunʼiy intellekt, dron va ularga qarshi vositalardan foydalanish borasidagi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarning axborotlari tinglandi.

– Shuningdek, Davlatimiz rahbari tomonidan kuni kecha o‘tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyati yetkazildi.

 

 

Text to speech