FARG‘ONA MINTAQAVIY O‘QUV MARKAZIDA TANTANALI QASAMYOD QABUL QILISH VA SERTIFIKAT TOPSHIRISH MAROSIMLARI BO‘LIB O‘TDI.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 martdagi PQ-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining o‘quv markazlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2021 yil 14 may kunidagi 121-son buyrug‘i talablariga asoslangan holda navbatdagi o‘quv yig‘inini jami 150 nafar tinglovchi yakunladi.
Jumladan, malaka oshirish dasturi hamda boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi bo‘yicha anʼanaviy shaklda o‘qishga yuborilgan 150 nafar Milliy gvardiya Qo‘riqlash bosh boshqarmasi hamda hududiy boshqarmalar tinglovchilarining o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.
Mazkur yig‘in davomida, o‘quv dasturida belgilangan mashg‘ulotlardan tashqari, malakali mutaxassislar ishtirokida, amaliy seminar va treninglar, fakultativ mashg‘ulotlar hamda bir qator madaniy-maʼrifiy tadbirlar o‘tkazildi.
O‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli tamomlagan jami 150 nafar tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish marosimi hamda boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan Qo‘riqlash bosh boshqarmasining 21 nafar xodimlariga tantanali qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazilib, o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli tamomlagan jami 150 nafar tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.