Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

FARG‘ONA VILOYATIDA “YОSh GVARDIYACHI” HARBIY-SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Biz bugun katta g‘urur va iftixor bilan ayta olamizki, yoshlarimiz uchun mamlakatimiz Qurolli Kuchlari safida xizmat qilish yuksak maqsadga va tom maʼnodagi shon-sharaf ishiga aylandi.

Joriy yilning 26 aprel kuni Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasiga biriktirilgan, kelgusida hayotini harbiy kasbga baxshida etishni niyat qilgan vatanparvarlikka ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta taʼlim maktablarining o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh gvardiyachilar” tanlovi o‘tkazildi.

Musobaqaning tashkillashtirilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad

yoshlarni milliy, umuminsoniy qadriyatlar hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, o‘quvchi yoshlarni harbiy xizmatga tayyorlash, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik ishlarini yaxshilash, ularni sportga keng jalb etish va intellektual hamda jismonan rivojlangan barkamol avlod etib tarbiyalash.

Musobaqada Qo‘qon shahrida joylashgan 33-sonli, Oltiariq tumanida joylashgan 14-sonli va Beshariq tumanida joylashgan 15-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktab jamoalari bahslashishdi. Umumiy natijalar yakuniga ko‘ra, 15-sonli umumtaʼlim maktab jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallab tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Text to speech