FARG‘ONA VILOYATIDA HARBIY XIZMATCHILAR O‘RTASIDA SPORTNING POLO TURI BO‘YICHA MUSOBAQA TASHKIL ETILDI
Mamlakatimizda ot sporti turini targ‘ib etish, yoshlarni mahoratli, umidli sportchilar qilib tarbiyalash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan polo musobaqalari ham shular jumlasidandir. Musobaqa davomida tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar bilan bir qatorda xodimlar ham o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bahslar Xalqaro polo federatsiyasi qoidalari asosida tashkil etilib, har biri yetti daqiqadan to‘rt taym davom etdi.
Mazkur musobaqa ishtirokchilarga yaxshi kayfiyat beribgina qolmay, ularni o‘z ustilarida yana-da ishlab, mahorat va tajribalarini oshirib borishiga turtki bo‘ldi.
Ot sportini hamda zamonaviy beshkurash va polo sportni rivojlantirib, eng ommaviy sport turlaridan biriga aylantirish borasida bu kabi tadbirlar viloyat bo‘ylab keng miqyosda olib borilmoqda.