FARG‘ONADA NAVBATDAGI OT SPORTI MUSOBAQASI O‘TKAZILDI
Joriy yilning 03 fevral kuni Farg‘ona tumanidagi "Otchopar o‘yingohi"da Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Uloq-ko‘pkari federatsiyasi, Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Yoshlar agentligi bilan hamkorlikda Uloq-ko‘pkari bo‘yicha navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Vodiy hamda qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidan tashrif buyurgan 200 dan ortiq chavandozlar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.
Tadbir avvalida yoshlarni sportning kamondan otish turiga qiziqishlarini oshirish ushbu sport turini yana-da rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida tashkillangan "mahorat darslari" tadbirga o‘zgacha ko‘rk bag‘ishladi.
Shundan so‘ng, olomon uloq bahslariga start berildi mohir chavandozlarning ot ustidagi harakatlari yig‘ilgan 1000 ga yaqin tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.
Musobaqa yakunda g‘olib bo‘lgan chavandozlar homiylar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlandi.