Farg‘ona viloyatida Maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyalanuvchilari bilan vatanparvarlik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Mamlakatimiz bo‘ylab "Armiya va xalq bir tanu bir jon" shiori ostida olib borilayotgan vatanparvarlik mashg‘ulotlari davom etmoqda. Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan Qo‘qon shahrida joylashgan 29-sonli Maktabgacha taʼlim muassasasida Vatanparvarlik mashg‘ulotlari tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida jajji bolajonlarda vatanga bo‘lgan muhabbat to‘g‘risida tushunchalar berilib, harbiylar hayoti va ularning maxsus vositalari bilan tanishtirildi.