Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tinglovchilarni qasamyod qabul qilish va navbatdagi bitiruvchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
O‘quv markazda o‘ttiz ikki nafar Qo‘riqlash bo‘linmalari safdor xodimlarining tantanali qasamyod qabul qilish hamda yigirma nafar harbiylashtirilgan qorovullik bo‘linmalarining o‘quv-yig‘inini muvaffaqiyatli tamomlagan ishchi-xizmatchilariga sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda o‘quv-yig‘inini tamomlagan qorovullik bo‘linmalari nazoratchilari o‘zlarining kasbiy, jismoniy va jangovar tayyorgarlik yo‘nalishlaridagi bilim va ko‘nikmalarini yana-da mustahkamlashdi.
Ushbu tadbirni Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi boshlig‘i polkovnik J.Mirzaliyev kirish so‘zi bilan ochib, tinglovchilarni qasamyod qabul qilganliklari va o‘quv-yig‘inini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi.