Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Farg‘ona viloyatida Navro‘z ayyomi munosabati bilan uloq- ko‘pkari musobaqalari o‘tkazildi

Uloq, ko‘pkari – O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy ommaviy, milliy o‘yinlaridan biri hisoblanadi. Asosan, g‘alaba va hosil bayramlari, to‘y va sayllar munosabati bilan o‘tkaziladi.

Bugun, Farg‘ona viloyati Milliy gvardiya "Chavandozlar maktabi" da Navro‘z umumxalq bayrami arafasida Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar o‘rtasida uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqada mohir chavandozlar bor imkoniyatlarini ishga solgan holda, g‘alaba uchun kurashdilar.

Eʼtirof etish joizki, mazkur tadbirga viloyatlarning turli hududlaridan tashrif buyurgan 200 ga yaqin chavandozlar, shuningdek, tadbirni tomosha qilish uchun 1000 dan ziyod ot sporti ishqibozlari, yoshlar, mahalliy aholi vakillari hamda sport ixlosmandlari yig‘ildi.

Musobaqa davomida, Milliy gvardiya “Qo‘riqlash”boshqarmasi tomonidan kamondan otish sport musobaqalari, ot ustida kurash singari milliy o‘yinlar tashkil etildi.

Bellashuv yakuniga ko‘ra g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan sovrinlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech