Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida 102 nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
“Qo‘riqlash” bosh boshqarmasining 30 nafar malaka oshirish dasturi bo‘yicha yuborilgan tinglovchilari, 22 nafar boshlang‘ich tayyorgarlik bo‘yicha hamda IIB PPX xizmati 30 nafar xodimlari belgilangan reja asosidagi navbatdagi o‘quv kurslarini tamomlab, o‘zlarining kasbiy tayyorgarlik yo‘nalishlaridagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladilar.
Joriy yilning 25 fevral kuni o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli tamomlagan jami 102 nafar tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. f
Ushbu tadbirni Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi boshlig‘i polkovnik J.Mirzaliyev kirish so‘zi bilan ochib, tinglovchilarni tantanali qasamyod qabul qilganliklari va o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabrikladi va ularga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi.
O‘quv yig‘ini davomida o‘zining namunali xulqi, tartib intizomi bilan safdoshlariga o‘rnak bo‘lgan, aʼlo baholarga o‘qigan, sport musobaqasida yaxshi natijaga erishgan tinglovchilar Faxriy yorliq hamda Tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.