Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya xodimlari fuqaroni giyohvandlik moddasi bilan qo‘lga olishdi
2024 yil 22 iyuldan 23 iyulga o‘tar kechasi Қўқон shahrida tungi vaqtda huquq-tartibot, fuqarolar xavfsizligi ва osoyishtaligini taʼminlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan tezkor-profilaktik tadbirlari davomida “Muqimiy” bog‘ida o‘zini shubhali tutgan shaxs Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati boshqarmasi ва ichki ishlar organlari xodimlarining eʼtiborini tortadi. Nomaʼlum shaxsdan hujjatlarini taqdim etish so‘ralganda, shaxsini tasdiqlovchi hech qanday hujjat ko‘rsata olmaydi. Shaxsini aniqlash uchun taklif qilingan ichki ishlar bo‘limida xolislar ishtirokida o‘tkazilgan shaxsiy tintuv jarayonida Қўқон shahrida yashovchi B.I.dan o‘ziga xos hidli jigarrang modda borligi aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan Қўқон shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.