Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Farg‘ona viloyatida DXX va Milliy gvardiya hamkorligida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishga qaratilgan navbatdagi o‘tkazilgan tezkor tadbirda 407 million so‘mlik pirotexnika vositalari saqlanayotgan xonadon aniqlandi.

Farg‘ona viloyati DXX va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqarolarning yashash xonadonlari belgilangan tartibda, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.

Natijada xonadon hovlisida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagan holda saqlanayotgan 2 turdagi jami 5 mingdan ziyod pirotexnika vositalari borligi aniqlangan.

Ushbu mahsulotlar xorijda ishlab chiqarilgan bo‘lib, tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan. Ularning dastlabki qiymati 407 million so‘mga baholanmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech