Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazida tinglovchilarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 31 avgust kuni Qo‘riqlash bo‘linmalarining boshlang‘ich tayyorgarlik safdor xodimlarini malakasini oshirish o‘quv yig‘inlarini muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlarga sertifikatlar topshirildi.
Ushbu tadbirni Milliy gvardiya Farg‘ona mintaqaviy o‘quv markazi boshlig‘i polkovnik J.Mirzaliyev kirish so‘zi bilan ochib, tinglovchilarni sertifikat qabul qilganliklari va o‘quv yig‘inini muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik, tinchlik-omonlik, kelgusi xizmat faoliyati davomida halqimiz osoyishtaligi yo‘lida olib borayotgan sharafli ishlarida ulkan zafarlar tiladi.