FARZAND TARBIYASIDA RUHIY HOLATNING O‘RNI
Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi mutaxassis psixologi tomonidan Qo‘qon shahrida joylashgan 12-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan art -terapiya treningi o‘tkazildi.
Treningda bolalar "Oila daraxti" va "Mavjud bo‘lmagan hayvon" mavzularida rasmlar chizishdi. Bolalarning xarakterlari, bugungi kundagi ruhiy holati va kayfiyati chizilgan rasmlardan aniqlanib, shu asosda psixoprofilaktik ishlar olib borildi.
Bu kabi treninglarning o‘tkazilishi bolalarning ruhiyati ko‘tarilishi, ulardagi vatanparvarlik, vatanga sadoqat va hayotga bo‘lgan qarashlarini ijobiy shakllanishida o‘z hissasini qo‘shadi.
Tadbir so‘ngida, bolalar uchun atalgan sovg‘alar ulashildi.