Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

FAXRIYLAR KENGASHI FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tuzilmalarida bugunda faxriylar kengashlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular ustoz-shogird anʼanalarini davom ettirgan holda yosh mutaxassislarga o‘z tajribalarini berish bilan birga yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga o‘z hissalarini qo‘shib kelishmoqda.

Shu maqsadda Milliy gvardiya tizimida ham faxriylar kengashini faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida bir qator vazirliklar va boshqa tashkilotlarning bugunda samarali ishlab kelayotgan faxriylar kengashlarining vakillari hamda hududlardagi boshqarmalar faxriylari ishtirokida videokonferensaloqa orqali seminar o‘tkazildi.

Unda faxriylarning boy malaka va tajribalarini yosh avlodga o‘rgatib borishlarida ular o‘rtasida doimiy muloqot muhitini yo‘lga qo‘yish va sharoitlar yaratish, faxriylarning tibbiy, ijtimoiy himoyasini taʼminlash to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Tadbirda faxriylar kengashlari Milliy gvardiya taʼlim muassasalari, biriktirilgan maktab va litseylar o‘quvchilari, “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va kasbga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Shuningdek, ularni rag‘batlantirish va madaniy-hordiq chiqarishlarini taʼminlash ishlari yo‘lga qo‘yilishi qayd etildi. Albatta mazkur faxriylar kengashlari kelgusida o‘z faoliyati bilan jamiyatimizda, qolaversa harbiy qism va muassasalarda sog‘lom muhitni shakllantirib,yoshlar uchun hayotiy ibrat namunasi bo‘ladi.

Text to speech