"Fidoying bo‘lgaymiz seni O‘zbekiston" shiori ostida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti talabalari ishtirokida bayramona tadbir tashkil etildi
Bugun 11 yanvar kuni Milliy gvardiya Moddiy-texnik taʼminot markaziy bazasi hududida O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti tomonidan “14-yanvar Vatan himoyachilari” kuni bayrami munosabati bilan "Fidoying bo‘lgaymiz seni O‘zbekiston" shiori ostida muddatli harbiy xizmatchilar uchun psixologik trening tashkillashtirildi.
Mazkur treningda universitetning ingliz filologiyasi fakulteti o‘qituvchi va talabalari tomonidan diqqatni rivojlantiruvchi va jalb etuvchi "buzuq telefon", “tezkorlik” kabi mavzulari yuzasidan turli xil mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Unda askarlarning maʼlumotlarni qay darajada yetkazib berishlari va o‘zini namoyon etish sharoitlarini yaratish hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchni yuksaltirish va psixologik bilimini oshirish kabi qiziqarli chiqishlar tarzida olib borildi.
Trening mobaynida universitet talaba qizlari ishtirokida turli xil tillarda juda qiziq bayram tabriklari va tilaklar aytildi.
Shuningdek, talaba yoshlarning kayfiyatni yana-da ko‘tarish maqsadida "Quvnoqlar va Zukkolar" (QVZ) yoshlarga oid hazil, ajoyib va tanqidiy sahna ko‘rinishlari namoyish etilishi bilan bir qatorda musiqiy chiqishlar va mavzuga oid sherlar mutolaa qilindi.
Mazkur tadbir yakunida treningda faol ishtirok etgan harbiy xizmatchilar munosib rag‘batlantirildi.