FIRIBGARLARDAN EHTIYOT BO‘LING!
Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridan olingan xabarga ko‘ra viloyat Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi va IJQKD Marg‘ilon shahar bo‘limi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir davomida muqaddam Qo‘shtepa tumani sudi tomonidan JK 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (...) bilan sudlanib, jazo tayinlangan fuqaro T.E. o‘z qilmishidan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan yana firibgarlikka qo‘l urdi. Unga ko‘ra fuqaro T.E. fuqaro X.G. ning ishonchiga kirib, uning o‘g‘li T.A.ni Milliy gvardiyada ishlovchi tanishlari orqali ushbu tizimga ishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilib 2021 yilning iyun oyida 2000 AQSH dollari miqdorida va joriy yilning 5 fevral kuni 1 100 ming so‘m pul mablag‘larini Marg‘ilon shahar B.Marg‘iloniy ko‘chasida pora sifatida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Hozirda unga nisbatan IJQKD shahar bo‘limi tomonidan JKning 168- moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
***
Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani IIB ga kelib tushgan yozma murojaatlarga ko‘ra Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro D.M. qishloqdoshi fuqaro J.Z. ning ishonchiga kirib tuman Agrobankdan o‘zining tanishi orqali 0,4%ga imtiyozli kredit chiqarib berishini aytib, 2021 yilning yanvar oyida 250 AQSH dollar miqdoridagi pulni, shuningdek, Yakkabog‘ tumanida yashovchi 4-MTM da tarbiyachi yordamchisi bo‘lib ishlovchi fuqaro T.N. ning ishonchiga kirib 2021 yil mart oyida tumanidagi Agrobank filialidan 0,4%ga imtiyozli kredit olib berishini aytib 500 000 so‘m miqdoridagi pulni, hamda ushbu tumanda yashovchi fuqaro A.N. ning ham ushbu bankdan 0,4%ga imtiyozli kredit olib berishini aytib 1 mln so‘m miqdordagi pullarni olib, o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini hamda Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro Q.B. dan 8.5 mln so‘m evaziga ushbu fuqaroning o‘g‘liga kollej diplomini va jiyani M.M.ga haydovchilik guvohnomasini olib berishni vaʼda qilib aldab kelgan. Shuningdek, ushbu ayol yaʼni fuqaro D.M. o‘zini Milliy gvardiya xodimiman deb tanishtirib Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro Z.O. ni aldab 2021 yil mart oyida subsidiya asosida uy olib berishini vaʼda qilib, evaziga 2 700 000 so‘m miqdoridagi pullarni olib, o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligi maʼlum bo‘lgan.
Mazkur holatlar yuzasidan hozirda fuqaro D.M. qo‘lga olingan va TIIB TB tomonidan unga nisbatan O‘z.RJKning 168-m 3-k “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hurmatli fuqarolar, firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang.
Shunday insonlar uchrab qolsa quyida ko‘rsatilgan telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib murojaat qilishingiz mumki