FOHISHAXONA FAOLIYATIGA ChEK QO‘YILDI
Joriy yilning 17 fevral kuni olingan xabarga ko‘ra Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya va Dang‘ara tumani IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbir mobaynida Dang‘ara tumanida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro J.D. o‘zining yashash xonadonida fohishaxona ochganligi aniqlanib, yollangan “maxsus xaridor”ga bir soatiga 200 000 so‘m miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida xolislar ishtirokida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.