Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Funksional ko‘pkurash (Krossfit) bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi oldidan “Bir bo‘lsa – yagona haqmiz, birlashsak - Vatanmiz” shiori ostida Milliy gvardiya bo‘linmalari harbiy xizmatchi va xodimlari o‘rtasida joriy yil avgust oyining birinchi o‘n kunligida O‘zbekiston Funksional ko‘pkurash federatsiyasi sport majmuasida musobaqa o‘tkizadi. Undan ko‘zlangan maqsad bo‘linmalarda jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlariga “Funksional ko‘pkurashni” kiritish, harbiy xizmatchilar va xodimlar orasida funksional ko‘pkurashni keng targ‘ib qilish bo‘yicha yo‘l xaritasida belgilab berilgan vazifalarni ijrosini taʼminlashdan iborat. Musobaqada Milliy gvardiya Toshkent shahar va viloyati bo‘yicha boshqarmalari, Toshkent shahar Ko‘riqlash boshkarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda jamoat tartibini saqlash va maxsus vazifalarni bajaruvchi brigadalari terma jamoalari ishtirok etishdi.

Unda harbiy xizmatchi va xodimlar funksional ko‘pkurash bo‘yicha bugungacha erishgan jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazishdi.

O‘tkazilgan musobaqa yakuni biyicha 1-o‘rinni Toshkent shahar Qo‘riqlash boshqarmasi, 2- va 3-o‘rinlarni esa Milliy gvardiyaning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha brigadalari qo‘lga kiritishdi.

Albatta mazkur musobaqalar orqali funksional ko‘pkurash biyicha Milliy gvardiya terma jamoasi shakllantiriladi.

 

Text to speech