Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Funksional koʻp kurash boʻyicha Milliy gvardiya birinchiligi boʻlib oʻtdi.

Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalaridan kelgan 6 ta jamoa funksional koʻp kurash (krossfit) boʻyicha oʻtkazilgan birinchilik musobaqalarida ishtirok etdi. Unda 17 nafar gvardiyachi oʻzining chidamliligi, kuchi va tezligini namoyon qilib, yuqori sport ruhida kurash olib bordi.
Musobaqa doirasida jamoalar uchta murakkab mashqlar majmuasini bajarishdi. Ushbu mashqlar gvardiyachilarning umumiy jismoniy tayyorgarligini, koordinatsiyasini va funksional imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan boʻlib, bellashuvlar nihoyatda shiddatli va hayajonli kechdi.
Musobaqa natijalariga koʻra, 1-oʻrin — Toshkent shahar jamoasiga, 2-oʻrin — Qoraqalpogʻiston Respublikasi jamoasiga, 3-oʻrin esa — jamoat xavfsizligi universiteti jamoasiga nasib etdi.
Mazkur sport tadbiri gvardiyachilarning jismoniy tayyorgarligini yanada mustahkamlash, sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, shuningdek, boʻlinmalar oʻrtasida sport madaniyatini yuksaltirishga xizmat qildi.

Text to speech