GIYOHVANDLIK UMR ZAVOLI
Qoraqalpog‘iston Respublikasida huquqni muhofaza qilish organ xodimlarining hamkorlikdagi tezkor tadbirlari davom etmoqda.
Shu kabi tadbir joriy yilning 17 fevral kuni kelib tushgan xabarga ko‘ra DXX, Nukus shahar IIB va Milliy gvardiya masʼul xodimlari hamkorligida Nukus shahrida o‘tkazildi.
Tadbir davomida 1986 yilda tug‘ilgan Xo‘jayli tumanida yashovchi fuqaro P.A. maxsus xaridorga 1 100 000 so‘m evaziga 10 dona “Rubufin” nomli tarkibida giyohvand moddasi bo‘lgan dori vositasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olinib, dori vositalari xolislar ishtirokida daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirilgan.
Ushbu giyohvandlik dori vositalarining kelib chiqish manbasini aniqlash maqsadida olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida fuqaro P.A. ushbu dori vositalarini Nukus shahrida yashovchi 1994 y.t. fuqaro O.A.dan olganligi maʼlum bo‘lgan. Fuqaro O.A. ning yashash xonadoni o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirilganda 207 dona “Rubufin” va 150 dona “Enfin” (nalbufin) giyohvandlik dori vositalari borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilib olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.