GIYОHVАND MODDА SOTISh BILАN ShUGʼULLАNGАN АYOL QOʼLGА OLINDI
Joriy yilning 16 aprelь kuni Fargʼona viloyatida olingan xabarga koʼra Milliy gvardiya, DXX va Qoʼqon shahar IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʼtkazildi.
Tadbir davomida 1998 yilda tugʼilgan, Qoʼqon shahrida yashovchi fuqaro M.А. maxsus xaridorga 500.000 soʼm evaziga 5 ta yaltiroq qogʼozga oʼralgan “Gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda ushlandi. Shundan soʼng uning sumkasi xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilishi soʼralganda yana 2 dona dumaloq shakldagi yaltiroq qogʼozga oʼralgan “Gashish” giyohvandlik moddasini oʼz ixtiyori bilan topshirdi. Yuqoridagilar daliliy ashyo sifatida olib qoʼyildi va hozirda holat yuzasidan Qoʼqon shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.