GIYOHVAND O‘SIMLIGINI YETISHTIRAYOTGAN SHAXSGA JINOYAT ISHI QO‘ZG‘ATILDI
Joriy yil 19 iyun kuni Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Toyloq tuman Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida olib borilgan profilaktik tezkor tadbir davomida, tumanning “Jumabozor” MFY hududida yashovchi fuqaro J.U. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, tomorqasida 16 tup “Kannabis” giyohvandlik o‘simligini yashirin ravishda ekib, parvarish qilib kelayotganligi aniqlangan. Tadbir davomida xolislar ishtirokida 16 tup “Kannabis” giyohvandlik o‘simligi daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda, ushbu holat yuzasidan fuqaro J.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.