Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

GIYOHVAND MODDALARINI SAQLAGAN SHAXSLARGA NISBATAN JINOYAT ISHI QO‘ZG‘ATILDI

Joriy yilning 19 iyul kuni soat 15:00da Urgut tuman IIB JQB xodimlari va Urgut tuman Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan hamkorlikdagi “Qoradori-2022” tadbiri davomida Urgut tumanida yashovchi fuqaro I.A o‘zini shubhali tutganligi sababli, ikki nafar xolislar ishtirokida shaxsiy tintuv o‘tkazilgan. Tintuv vaqtida uning egnida bo‘lgan shimining o‘ng cho‘ntagidan 4 (to‘rt) dona rangsiz sellofan bo‘laklariga alohida-alohida qadoqlangan to‘q jigarrang, o‘tkir hidli giyohvandlik moddasiga o‘xshash modda borligi aniqlangan.

Dastlabki surishtiruv ishlari natijasida topilgan moddalar tarkibida giyohvand moddalar mavjudligi maʼlum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB TB tomonidan O‘z.R JKning 276-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, joriy yilning 22 iyul kuni soat 06:30da Urgut tuman IIB JQB va Urgut tuman Milliy gvardiya Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2022” tadbiri davomida Urgut shahrida istiqomat qiluvchi  fuqaro M.Fning xonadoni ko‘zdan kechirilganda uyning chordog‘idan 20 gramm miqdorida bo‘lgan marixuana giyohvandlik moddasi topilgan.

Ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari Samarqand viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilmoqda.

Text to speech