GIYOHVANDLIK MODDALARI FOSH ETILDI
Jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi tezkor tadbirlar Xorazm viloyatida DXX, IIB, Milliy gvardiya va Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 12 fevral kuni olingan xabarga ko‘ra amalga oshirilgan ushbu tezkor tadbirda Xazorasp tumanida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro O.U. ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uyining omborxonasidan 40 ta gugurt qutisiga qadoqlangan, vazni 200 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasi hamda “opiy” giyohvandlik moddasi qoldiqlari aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi va tegishli tartibda hujjatlashtirildi. Hozirda Holati yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.