G‘URUR VA IFTIXOR RAMZI
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining qabul qilingan kuni. Sana munosabati bilan Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasida harbiy xizmatchilar bilan “Davlat gerbi-mustaqillik timsoli!” mavzusida viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boshlig‘i o‘rinbosari, Milliy gvardiyaning “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni sohibi Shavkat To‘ychiyev ishtirokida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Maʼruzachilar tomonidan Davlatimiz ramzlari har bir mamlakatning mustaqilligini ifodalovchi muqaddas belgisi, Davlat ramzi hamisha muqaddas va ulug‘ ekanligi, u xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida mujassam etishi, milliy ramzlar or-nomus, shon-sharaf sanalishi haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi.