“Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida vatanparvarlik festivali tashkil etildi
Joriy yilning 6 fevral kuni Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Paxtaobod tumanidagi 4 va 37-maktabida o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchi yoshlarga harbiy anjom-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, xizmat itlarning qiziqarli chiqishlari namoyish etildi. Shuningdek, tadbir so‘ngida o‘quvchi yoshlar bilan “Kamondan otish” va “Ot sporti” bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad, o‘quvchi yoshlarni harbiy kasbga yo‘naltirish hamda vatanparvarlik sifatlarini oshirishdan iborat.