Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Xalqimiz uchun ezgulik, mehr-muruvvat, saxovat, olijanoblik va shukronalik timsoli bo‘lgan va yuksak insonparvarlik tamoyillarini o‘zida mujassam etgan muborak Ramazon oyida Milliy gvardiya masʼul rahbarlari tomonidan xizmat vaqtida halok bo‘lgan navoiylik harbiy xizmatchi Hazrat Suyunovning oila aʼzolari holidan xabar olindi.

Vatan ravnaqi, tinchligi yo‘lida, qolaversa, chegaralarimiz daxlsizligi va jamoat tartibini saqlashda mard jasur o‘g‘lonlarimiz o‘z halovatlaridan kechib xizmat qilmoqda. Ular hattoki o‘rni kelganda o‘z jonlarini fido qiladilar. Mana shunday yurt posbonlari orasida navoiylik marhum Hazrat Suyunov xam bor.

Navoiy viloyati Nurota zaminida tug‘ilgan Hazrat Suyunov agar hayot bo‘lganida bugun 31 yoshni qarshilagan bo‘lar edi. U O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi saflarida sadoqat bilan xizmat qilib, 28 yoshida Sirdaryo viloyati Sardoba qishlog‘ida sodir bo‘lgan texnogen talafotni bartaraf etish vaqtida fidoyilarcha halok bo‘ldi. Uning ko‘rsatgan mardligi va jasurligi yuraklarda mangu qoldi.

“Jasorat” medali sohibi Suyunov Hazrat Karomatovich xotirasini shod aylash maqsadida, muqaddas Ramazon oyida Milliy gvardiya Markaziy devoni masʼul rahbarlari ishtirokida uning tug‘ilib o‘sgan xonadonida Iftorlik tashkillashtirildi.

Maʼlumot uchun: Hazrat Suyunovning xotirasiga bag‘ishlab uning byusti 2021 yilning 28 avgustida Nurota tumanida joylashgan 10-sonli umumtaʼlim maktab hovlisiga o‘rnatilgan. Uning turmush o‘rtog‘i Sh. Beknazarova hozirda Navoiy viloyatida “Qo‘riqlash”boshqarmasida faoliyat yuritib kelmoqda.

Text to speech