HAMKORLIK – TARAQQIYOT GAROVI
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general-polkovnik Baxodir Tashmatov va Tojikiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general-polkovnik Bobodjon Jamolzoda oʻrtasida bugun onlayn formatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi idoralararo hamkorlikni yangi bosqichda rivojlantirish, oʻzaro tajriba almashish hamda amaliy yoʻnalishlardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Xususan, kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollari hamda ikki tomonlama hamkorlik yoʻnalishidagi tizimli chora-tadbirlarni yoʻlga qoʻyish borasida memorandum imzolash masalalari koʻrib chiqildi.
Bundan tashqari, amaliy qoʻshma treninglar va oʻquv mashgʻulotlarini tashkil etish orqali hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha fikr almashildi.