HAMKORLIK SAMARA BERMOQDA
Farg‘ona viloyatida Milliy gvardiya va viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Farg‘ona tumani “Yuqori Vodil” MFY Sohibkor ko‘chasining Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan hududidan nomaʼlum shaxs tomonidan tashlab ketilgan, aylanma yo‘llar orqali Qirg‘iziston Respublikasidan olib o‘tilgan, hech qanday tegishli hujjatlarsiz, xorijda ishlab chiqarilgan taxminiy qiymati 16 200 000 so‘mlik bo‘lgan jami 7 600 dona “Tayfun-ES” va 10 dona bo‘lgan “Deltafoz 36%” nomli o‘simlik dori vositalari tashlab ketilganligi aniqlandi. Ushbu holat yuzasidan voqea joyidan olingan tovar-moddiy boyliklari xolislar ishtirokida bayonnoma tuzilib daliliy ashyo tariqasida olindi.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.