Haqoratli so‘z ishlatish - 20 million so‘mgacha jarima to‘lashga sabab bo‘ladi
Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy tarmoqlardagi postlarga boshqa bir odamning shaʼni va qadr-qimmatini kamsituvchi va obro‘siga putur yetkazuvchi yolg‘on maʼlumotlar yozilgan izoh uchun O‘zbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 40-moddasida bazaviy hisoblash miqdorining 20 dan 60 baravarigacha miqdorida jarima solish belgilangan.
Shuningdek, agar izoh qoldiruvchi shaxs ijtimoiy tarmoqlarning boshqa foydalanuvchilarini haqorat qilsa, ularning jismoniy, aqliy va boshqa fazilatlarini kamsituvchi baho berib, odobsiz so‘zlarni ishlatib, qadr-qimmatini yerga ursa, O‘zbekiston Respublikasi maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga asosan unga bazaviy hisoblash miqdorining 20 dan 40 baravarigacha miqdorida jarima solinadi.
Maʼlumot uchun: bugungi kunda bazaviy hisoblash miqdori 340 ming so‘mni tashkil etadi.