Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HAR  QANDAY  MUKOFOT  EL-YURT  EʼTIROFI, VATAN  ISHONCHIDIR  

 

Davlatimiz rahbarining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi  munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlaridan  bir guruhi ham mukofotlandi.

 Shu munosabat bilan, joriy yilning 31 avgust kuni bo‘lib o‘tgan tantanali marosimda, Milliy gvardiya qo‘mondoni general-mayor R.Djurayev tizimdagi barcha shaxsiy tarkibni mustaqilligimizning 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, 15 nafar davlat mukofotlarini o‘z egalariga topshirdi.  

Shuningdek, ZOOM platformasi orqali mazkur tadbirda joylardan ishtirok etgan soha vakillariga qo‘mondon buyrug‘i o‘qib eshittirilib, xizmatda yuqori natijalarga erishgan 8 nafar harbiy xizmatchi va xodimlarga navbatdagi “polkovnik” harbiy unvonlari hamda 4 nafariga   muddatidan oldin navbatdagi “podpolkovnik” maxsus unvonlari, 38  nafariga “Aʼlo xizmatlari uchun”, 16 nafariga “Milliy gvardiya fidoiy xodimi”, 7 nafariga “Maʼnaviyat aʼlochisi”, 114 nafariga “Namunali xizmatlari uchun”,  ko‘krak nishonlari hamda faxriy yorliqlar topshirildi.

Muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalariga esa minnatdorchilik xatlari jo‘natildi. Mazkur bayram munosabati bilan tizimda faoliyat yuritib kelayotgan 770 nafar harbiy xizmatchi va xodimlar munosib taqdirlandilar.

Yurtboshimizning  tantanali marosimdagi nutqida  “Mard va jasur harbiylar mamlakatimiz sarhadlarini himoya qilish, el-yurtimizning tinchligi va osoyishtaligini saqlash yo‘lida fidokorona xizmat qilmoqda. Men sizlarni o‘zimning eng yaqin maslakdoshlarim, safdoshlarim deb bilaman. Barchamiz ahil va hamjihat bo‘lib, sadoqat bilan mehnat qilib, yangi O‘zbekistonni yaratayotganimiz bilan faxrlanamiz. Xalqimizga, sizlar kabi mard va shijoatli yurtdoshlarimizga ishonib marrani katta oldik. Biz uchun bittayu bitta to‘g‘ri yo‘l, yagona maqsad bor: u ham bo‘lsa, ko‘pmillatli xalqimiz, jonajon O‘zbekistonimiz manfaati yo‘lida xizmat qilishdir” deya ishonch bildirganliklari,  Milliy gvardiya tizimidagi barcha shaxsiy tarkibining kelgusi faoliyatida “BURCH, SADOQAT, JASORAT” shiori ostida shijoat bilan xizmat qilishlariga yana-da kuch-g‘ayrat baxsh etadi.

Text to speech