Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HARBIY XIZMATCHILARI TOMONIDAN XORIJIY MEHMONNING MOBIL TELEFONINI TOPISHDA AMALIY YORDAM KO‘RSATILDI.

Joriy yilning 21 iyun kuni soat 18.40 atrofida Chorsu bozori hududida jamoat tartibi va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlayotgan harbiy xizmatchilarga nomaʼlum shaxs murojaat qilib, o‘zini Tojikiston Respublikasidan kelgan mehmon sifatida tanishtirgan va “Ko‘kaldosh” masjidiga kiraverishda uyali telefonini unutib qoldirganini maʼlum qilgan. Uyali telefonini qoldirgani esiga tushganidan so‘ng masjidga qaytib kelgan, lekin telefon u yerda yo‘qligini bilgach, harbiy xizmatchilariga murojaat qilgan.

Harbiy xizmatchilar jabrlanuvchi bilan birgalikda Shahar ichki ishlar boshqarmasiga borib, tashqi kuzatuv kameralaridan saqlangan videolarni ko‘zdan kechirishgan. Kuzatuv natijasida nomaʼlum shaxs chet el fuqarosi tomonidan unutilib qoldirilgan mobil telefonni olib ketgani maʼlum bo‘lgan. Dastlabki surishtiruv natijasida huquqbuzar qo‘lga olinib, mobil telefon egasiga qaytarilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari IIB tomonidan olib borilmoqda.

Text to speech