Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HARBIY QISMNING YANGI MAʼMURIY BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Milliy gvardiyaning Toshkent shahar Mirzo-Ulug‘bek tumanida joylashgan harbiy qism maʼmuriy binosining kapital taʼmirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilishi harbiylarimiz uchun chinakam bayramga aylandi desak adashmaymiz. Ayniqsa, mustaqilligimizning 30 yilligi arafasida jadal suratlarda olib borilgan bunyodkorlik ishlari natijasida qad roslagan, barcha zamonaviy sharoitlarga ega mazkur obyekt Vatanimizning shonli bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi.

Tantanali tadbirda Prezident xavfsizligi xizmati rahbar xodimlari, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari M.Muhiddinov, Mirzo-Ulug‘bek tumani hokimi Sh.Irgashev va Milliy gvardiya qo‘mondonligi, harbiy qism komandirlari, jamoatchilik vakillari hamda soha xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni o‘z nutqi bilan ochib bergan Milliy gvardiya qo‘mondoni, general-mayor R.Djurayev davlatimiz rahbari tomonidan harbiy sohaga qaratilayotgan alohida eʼtibor va olib borilayotgan tizimli kompleks chora-tadbirlar o‘zining ijobiy natijasini berayotganini taʼkidladi.

Shuningdek, Qo‘mondon Yangi O‘zbekistonni barpo etish va uchinchi “Renessans” poydevorini yaratishdek buyuk vazifalar strategik maqsad qilinib, asosiy urg‘u xalqimizni har tomonlama rozi qilish shu bilan birga, chuqur o‘ylangan ilm-fan, taʼlim, iqtisodiyot va maʼnaviy-maʼrifiy islohotlarni amalga oshirishga qaratilganligini eʼtirof etdi.

Shu bilan birga, bayramona ruhda o‘tgan tadbirda Milliy gvardiya qo‘mondonining buyrug‘iga ko‘ra xizmat faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan, fidoiy va jonkuyarligi bilan safdoshlariga namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga “Maʼnaviyat aʼlochisi” ko‘krak nishoni, faxriy yorliq hamda harbiy unvonlar tantanali ravishda topshirildi va barcha sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan bir qator harbiy xizmatchilarga “Alvon beret” kiyish huquqi berildi.

Yangi binodagi yangi imkoniyatlarning guvohi bo‘lgan mehmonlar tomonidan Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining yurtimiz tinchligi va fuqarolarimiz osoyishtaligini taʼminlashdek sharafli va masʼuliyatli xizmatni ado etish barobarida Prezidentimizga va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilishlariga yuksak ishonch bildirildi.

Text to speech