Milliy gvardiya Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida navbatdagi tinglovchilar uchun sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. // Milliy gvardiya Qorabayir otchilik majmuasida “O‘zbekiston otlari” nufuzli ko‘rgazmasi yuqori saviyada bo'lib o'tdi. // Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HARBIY QISMDA BIR KUN !

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasiga qarashli harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" munosabati bilan "Armiya xalq bilan bir tanu, bir jon" shiori ostida harbiy vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Qarshi shahar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda, Qarshi shahridagi 45-sonli maktabning ixtisoslashtirilgan "Harbiy vatanparvarlik sinfi" o‘quvchilari hamda 10 dan ortiq mahallalarning uyushmagan yoshlari ishtirok etdilar. Harbiy qismga tashrif buyurgan yoshlar dastlab, harbiy qismda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, zirhli harbiy texnika vositalari hamda Milliy gvardiya tizimlarida foydalanilayotgan xizmat otlari va itlari saqlanadigan majmualar faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Shundan so‘ng, o‘quvchi-yoshlar zamonaviy tartibda bunyod etilgan "Ot sporti" majmuasida mahorat darslarini o‘tayotgan “Qorabayir” zotli xizmat otlarining namoyishini kuzatdilar. Malakali mutaxassislar tomonidan noyob ot turlarini ko‘paytirish va Yurtimizda ot sportini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha qiziqarli maʼlumotlar berildi. Majmuada tashkil etilgan ot sporti o‘yinlari va ot ustidagi jangovar mashg‘ulotlar hamda "Kamondan otish" mashg‘ulotlari o‘quvchi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan zamonaviy harbiy-taktik, jangovar harbiy chiqishlar ko‘rsatilib, unda asosiy eʼtibor yoshlarda harbiy xizmat ko‘nikmalarini shakllantirishga hamda ular qalbida harbiy vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Text to speech