Harbiylarning oila aʼzolari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Sog‘lom bola sog‘lom oila demakdir. Mamlakatimizda so‘nggi yillarda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini har tomonlama ijtimoiy himoya qilishga qaratilayotgan chora-tadbirlar tinch va osoyishta hayotimizni taʼminlashda yuksak samara bermoqda. Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab Milliy gvardiya bo‘linmalarida harbiy xizmatchi va xodimlar oila aʼzolarini bepul chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Kuni kecha Farg‘ona viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasida harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Ko‘rikda o‘n beshdan ortiq oliy toifali mutaxassis shifokorlar bilan amalga oshirilgan bu tadbir harbiy xizmatchilar oila aʼzolariga va farzandlariga o‘zlarini sog‘lig‘ining holatini, mavjud kasalliklarni aniqlab olish imkonini berdi.
Bu kabi tibbiy ko‘riklarni o‘tkazishdan maqsad, harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari va farzandlari turli xil kasalliklarga chalinishining oldini olish, viruslarga qarshi profilaktika hamda ularga malakali tibbiy tashxis qo‘yishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir yakunida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bunday tadbirni tashkillashtirganlarga va shifokorlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.