XOTIRA-MUQADDAS, QADR-AZIZ
Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oya targ‘ibiga bag‘ishlangan buyuk milliy maʼnaviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targ‘ib etiladi, urush esa batamom qoralanadi.
9 mayni Xotira va Qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelinayotganligi zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.
Xususan, Xorazm viloyatida Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari tomonidan joriy yilning 23 aprel kuni ikkinchi jahon urushi ishtirokchisi 1920-yilda tug‘ilgan Xonqa tumanida istiqomat qiluvchi Qo‘shnazar ota Raximovlar xonadoniga tashrif buyurdilar.
Suhbat davomida Qo‘shnazar ota urush yillari va urushdan keyingi hayoti haqida so‘zlar ekan, bugungi dorilomon kunlarni ko‘rish nasib etganidan xursandligini yashirmadi.