Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

Hududlarda pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi va undan foydalanishning oldi olindi

Qish faslining eng kutilgan bayrami bu-Yangi yil bayrami. Bu bayramda turli ko‘ngilsizliklar sodir bo‘lishini oldini olish uchun barchamiz masʼulmiz. Biroq pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi oqibatida kelib chiqadigan hodisalar dilni xira qiladi.

Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining sayi-harakatlari bilan yana bir noqonuniy pirotexnika vositalarining aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shuningdek, Joriy yilning 13 dekabr kuni, Farg‘ona tumani chegara patrul-post yaqinida DXX CHQ harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi serjant I.Ro‘ziyev va uning “Bella” laqabli xizmat iti yordamida Farg‘ona tumani “Bo‘ston” MFYda joylashgan 18-sonli maktab tor ko‘chasida, kimga tegishliligi nomaʼlum bo‘lgan, aylanma yo‘llar orqali olib o‘tilgan hech qanday hujjatlari bo‘lmagan Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan, taxminiy qiymati 10.500.000 (o‘n million, besh yuz ming) so‘mlik 3 dona qog‘oz qutilarda “7 SHOT”, 1 dona qog‘oz qutida “Britanik” va 1 dona qog‘oz qutida “Zolotoy pesok” nomli pirotexnika vositalari aniqlanib daliliy ashyo tariqasida olindi. Mazkur holat yuzasidan, tergovga qadar tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan ham yana bir pirotexnika vositalaridan foydalanishga chek qo‘yildi. Viloyat hududi bo‘ylab jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan sayi-harakatlar o‘z natijasini bermoqda. Pirotexnika vositalariga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari davomida bir qancha pirotexnika vositalaridan foydalanishning oldi olindi.

Text to speech