HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI KUNI DOIRASIDA YIG‘ILISH BO‘LIB O‘TDI
Harbiy xizmatchi va xodimlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va harbiy intizomni mustahkamlash, qatʼiy harbiy va mehnat intizomiga rioya etish, Milliy gvardiya to‘g‘risidagi qonunni xizmat faoliyatida qo‘llash hamda chora tadbirlarni belgilash maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi mutasaddi rahbarlari o‘z maʼruzalarida harbiy xizmatchilarning sog‘lig‘ini saqlash, ularni yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, texnika bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘l-transport hodisalarini sodir etilishini oldini olish va shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, yig‘ilishda hozirgi kunda harbiy xizmatchi va xodimlar hamda ularning oila aʼzolariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, farzandlari tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratish hamda davlatimiz tomonidan harbiy xizmatchilarining farzandlariga taʼlim muassasalariga joylashtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi hamda tizimda harbiylar uchun olib borilayotgan islohotlar alohida taʼkidlanib o‘tildi.