Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / /   Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi Farmoni  / / Avval xabar berganimizdek, Davlatimiz rahbarining Ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari  yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayevning navbatdagi manzilli uchrashuvi parakamondan otish sportchilari bilan bo‘lib o‘tdi. // Respublikamiz bo‘ylab "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi / / 14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisi Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olimpiya va paralimpiya harakati, ixtisoslashtirilgan va ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish hamda aholi jismoniy faolligini oshirish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Milliy gvardiya faoliyatiga oid Qonun, qaror va farmoyishlar haqida / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlarining nazariy bilimlari Dual taʼlim asosida mustahkamlanmoqda / / Milliy gvardiya Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ekskursiya tashkil qilindi / / Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab Qaror talablari yuzasidan mahallalar, jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish maqsadida huquqbuzarliklar profilaktikasiga zamonaviy raqamli texnologiyalar va texnik vositalar keng joriy etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi  o‘tkazildi / / Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan, Umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning taʼlim-tarbiyasi va ularni davomatini yaxshilash borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi hamda Milliy gvardiyaning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni Qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi Qarorni imzoladi / / Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga 2025/2026-o‘quv yili uchun bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari kursantlar safiga o‘qishga qabul qilish jarayoni boshlandi / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida Milliy gvardiya va "Mahalla yettiligi" hamkorligidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda / / Mahallalarni xavfsiz maskanga aylantirish borasida xonadon va obyektlarni texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikdagi profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda / / Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi / / Milliy gvardiya tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida bo‘lib o‘tgan ingliz tili viktorinasining g‘oliblari aniqlandi  / / Prezident Shavkat Mirziyoyev “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilining davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi 

Ўз O'z Ру En

Huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar kuchaytirildi

Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari jamoat joylarida, istirohat bog‘lari, maydonlar, bozorlar hamda respublika shaharlari va boshqa aholi punktlari ko‘chalarida huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida patrul xizmatini o‘tkazish mobaynida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish, tunda fuqarolarning tinchligi va normal dam olishini buzish, mayda bezorilik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillarining qonuniy talablariga rioya qilmaslik kabi huquqbuzarliklarni aniqladilar.

Xususan, Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi “Yoshlar” istirohat bog‘ida 25 yoshli E.J. qonunni va ushbu bog‘da hordiq chiqarayotgan bolalarni nazarga ilmay, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan. Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 187-moddasi (“Jamoat joylarida alkogol mahsulotini isteʼmol qilish ”) bilan huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzildi.

Shuningdek, A. Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan Navoiy shahrida yashovchi 20 yoshli D.Sh. va Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro Yu. B ga nisbatan Botanika bog‘ida “kuchli” ichimlik isteʼmol qilgani uchun shu moddaga asosan bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Fuqarolarining tungi vaqtda dam olish huquqiga beparvo munosabatda bo‘lgan shaxslarga nisbatan choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, poytaxtimizning Olmazor tumanida 30 iyul kuni soat 23:40larda Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi 18 yoshli T.R. avtomashinasini Farobiy ko‘chasidagi turar-joy binosi yoniga to‘xtatib baland ovozda musiqa tinglagan.

Mirzo Ulug‘bek tumanida soat 00.15 larda “Uyg‘onish” mahalla fuqarolar yig‘inida Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi 23 yoshli G‘.S. ham fuqarolarning dam olish huquqiga beparvolik qilgan va avtomobilda musiqani baland ovozda tinglagan.

Navoiy shahrida 19 yoshli H. M. o‘zining elektromobiliga eʼtibor qaratmoqchi bo‘lgan va buning uchun vaqt allamahal bo‘lganiga qaramay va turar-joylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni mensimay, karnaylarni avtomobil radiosiga ulagan va musiqani baland ovozda yoqqan. Bu ovoz esa fuqarolarning dam olishiga halal bergan.

“Baland musiqani sevuvchilar”ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 192-moddasi (“Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish”)da nazarda tutilgan huquqbuzarlik yuzasidan maʼmuriy bayonnomalar tuzildi.
Xuddi shu moddaga ko‘ra, yarim tunda baland ovozda gapirgan, kulgisi bilan fuqarolarga dam olishga halal bergan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzildi.

Qarshi shahrida 29 iyuldan 30 iyulga o‘tar kechasi Milliy gvardiya harbiylari ichki ishlar organlari xodimlari bilan birgalikda bir vaqtning o‘zida bir nechta tartib buzarlarni aniqlashdi.

Jumladan, 48 yoshli B.G. soat 3.24 da fuqarolarning shovqin-suronni to‘xtatish haqidagi iltimoslariga eʼtibor bermay, J.D. bilan baland ovozda gaplashgan. Har ikkala holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 192-moddasi (“Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish”)da nazarda tutilgan huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzildi.

Shuningdek, A. Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida janjal qilgan Navoiy shahrida yashovchi 32 yoshli M.T.ga nisbatan ham bayonnoma tuzildi.

Text to speech