Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

HUQUQNI MUHOFAZA QILUVCHI ORGANLAR O‘RTASIDA FUTBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Milliy gvardiya Xorazm viloyati “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tashabbusi bilan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘rtasida sportning “futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilib, unda 7 ta jamoadan tashkil topgan guruhlar 3 kun mobaynida birinchilik uchun kurashdi.

Keskin va murosasiz kechgan o‘yin natijalariga ko‘ra Ichki Ishlar boshqarmasi jamoasi uchinchi o‘rinni, Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi ikkinchi o‘rinni, Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi jamoasi esa faxrli birinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Musobaqa iliq va do‘stona muhitda bo‘lib o‘tib, ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatni yana-da mustahkamlanishiga hissa qo‘shdi. G‘oliblarning quvonchi yangi musobaqalar sari intilishiga ko‘mak berishi shubhasiz.

Text to speech