“Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ayollarning o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Yosh avlodda xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, o‘z kasbiga bo‘lgan ishtiyoqini oshirish, tizimlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmat faoliyatini belgilab beruvchi hukumat farmon va qarorlarining, vazirliklarning buyruq va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialida Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tizimida faoliyat yuritayotgan ayol ofitser xodimalari ishtirokida “Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ayollarni o‘rni” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida talaba-qizlar taklif etilgan tajribali ayol mutaxassislardan huquqni muhofaza qilish organlarida ayollarga bo‘lgan munosabat, kasb qiyinchiliklari, harbiy bo‘la turib ayollik nazokatini saqlab qolish sirlari, kelajakda bu sohada qanday qilib yutuqlarga erishish mumkinligi va shu kabi bir qancha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.
Muloqot yakunida tomonlar bunday tadbirlarni yuqori professional, har tomonlama rivojlangan, xizmat vazifalarini sidqidildan bajaradigan, Vatani va xalqiga sadoqat bilan xizmat qiladigan kadrlarni tayyorlash yo‘lida davom ettirishga kelishib oldi.