“Ibratli oila” ko‘rik-tanlovining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Mustahkam oila – jamiyat tayanchi”, “Oila - muqaddas”, “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat”, “Oila-jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila – jamiyat ravnaqining asosi” kabi konseptual g‘oyalar negizida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari oila aʼzolarining ijodiy salohiyatini rivojlantirish va harbiylarning oilalaridagi ijobiy hayotiy tajribani ommalashtirish maqsadida “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovining dastlabki bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ko‘rik-tanlov Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari ongida tariximiz, milliy anʼanalarimiz va urf-odatlarimizga chuqur hurmat va ehtiromlarni yuksaltirish, harbiy xizmatchi va ularning oila aʼzolarining bo‘sh vaqtini foydali ishlarga yo‘naltirish, ijodiy tashabbuskorliklarni shakllantirib, ular orasida sog‘lom raqobat muhitini qaror toptirish, harbiy xizmatchilarning oilalari bilan olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy xordiq ishlarning samarasini oshirish, oila institutini yana-da mustahkamlash, amalga oshirilgan sohaga oid ishlarni yangi marralarga ko‘tarishdan iborat.
Ko‘rik-tanlovda ishtirok etgan har bir jamoa quyidagi uchta shartni bajarishdan iborat bo‘ldi:
1. Tanishtirish sharti;
2. Sahna ko‘rinishi;
3. Milliy anʼana va urf-odatlarni ko‘rgazmali namoyish etish;
Tanlov natijalariga ko‘ra;
Toshkent viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi “Eng ahil harbiylarning oilasi” nominatsiyasiga;
Jamoat xavfsizligi universiteti “Muxlislar mehrini qozongan harbiylarning oilasi” nominatsiyasiga;
Temurbeklar maktabi jamoasi “Milliy urf-odatlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasiga sazovor bo‘ldilar.
G‘olib bo‘lgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.