Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

"IBRATLI OILA" KO‘RIK-TANLOVINING SIRDARYO VILOYATI BO‘YICHA BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

Harbiy xizmatchi va xodimlarning oila aʼzolarini ijodiy salohiyatini rivojlantirish hamda ularning oilalaridagi ijobiy hayotiy tajribasini ommalashtirish maqsadida Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari o‘rtasida "Ibratli oila" ko‘rik- tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda harbiy xizmatchilar orasida hurmat qozongan, jamiyatda istiqomat qilayotgan joylaridagi qo‘shnilari bilan yaxshi munosabat o‘rnata bilgan, farzand tarbiyasi masalasida boshqalarga o‘rnak bo‘la oladigan, har tomonlama ibratli, ko‘p yillik oilaviy tajribaga ega bo‘lgan oilalar: Kazakbayevlar, Suyunovlar, Ibragimovlar, Qurbonovlar hamda Roziqovlar oilalari ishtirok etishdi.

Qiziqarli hamda bugungi kundalik hayotda uchraydigan zamon illatlari, sharqona odob, qadriyatlarni namoyish etishga qaratilgan turli shartlardan o‘zlarining zukkoliklari bilan tadbirda uchinchi o‘rinni Suyunovlar oilasi, ikkinchi o‘rinni Roziqovlar oilasi qo‘lga kiritdi.

Yuksak bilimdonligi bobida boshqa jamoalarni ortda qoldirgan Qurbonovlar oilasi faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yaʼni, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

G‘olib bo‘lgan hamda tadbirda faol ishtirok etgan oilalarga diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Text to speech