Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetiga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarni saralab olish jarayonlari davom etmoqda / / Davlatimiz rahbarining ommaviy sportni yangi bosqichga olib chiqish borasida olimpiya va paralimpiya harakati yo‘nalishida belgilab bergan vazifalari yuzasidan, Milliy gvardiya qo‘mondoni R.Djurayev raisligida, kamondan (parakamondan) otish murabbiylari ishtirokidagi Konferensiya o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi ayol harbiy xizmatchilari Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni egallashdi / / Oliy Majlis Senatining qo‘mita raisi va Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari ishtirokidagi ochiq muloqot / / Milliy gvardiya Temurbeklar maktabi o‘quvchilari bilan “Dronlardan foydalanish va ularning texnik xususiyatlari” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi / / Milliy gvardiya Toshkent mintaqaviy o‘quv markazida "Obyektlarni qo‘riqlash tizimida uchuvchisiz uchadigan apparatlarini qo‘llash istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy seminari o‘tkazildi / / Muborak Ramazon oyi Taroveh namozlari o‘qilishi vaqtida jamoat tartibi hamda fuqarolar xavfsizligi taʼminlanad / / O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi

“IBRATLI OILA” KO‘RIK-TANLOVI O‘Z NIHOYASIGA YETDI

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarining oilaviy jamoalari o‘rtasida “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovinining saralash bosqichi respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilib, kuni kecha Samarqand viloyatida saralash jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan jamoalar o‘rtasida mazkur tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat Yoshlar markazi binosida yuqori saviyada tashkillashtirilgan respublika bosqichida jami 7 ta oilaviy jamoalar 3 ta shart asosida bor mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Tadbirda Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik L.Yaxshilikov, Milliy gvardiya Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari podpolkovnik D.Xudoyberganova hamda Qo‘riqlash boshqarmasi xodimlari harbiy xizmatchilar va ota-onalar qatnashishdi.

Tajribali hakamlar tomonidan jamoa aʼzolarni: tanishtiruv, sahna ko‘rinishi va milliy anʼanalar va urf-odatlarni ko‘rgazmali namoyish etish shartlari bo‘yicha qilgan tayyorgarliklarini baholab borildi.

Respublika bosqichi oilaviy jamoalar uchun haqiqiy ijodiy maydonga aylanib, yuqori saviyadagi tayyorlangan sahna ko‘rinishlari va jonli ijro tomoshabinlarda katta taassurot qoldirgani shubhasiz.

Jamoalarning mashaqqatli mehnati natijalari kunning ikkinchi qismida Registon ansamblining “Sherdor” madrasasida ochiq osmon ostida eʼlon qilindi.

Tantanali taqdirlash marosim avvalida Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i polkovnik L.Yaxshilikov so‘zga chiqib, barcha ko‘rik-tanlov ishtirokchilarini chin qalbdan tabrikladi. Shuningdek, oila jamiyatimizning asosiy tayanchi va ko‘zgusi ekanligi taʼkidlanib, har bir oilani asrab - avaylash orqali farzandlar kelajagini, yurtimiz tinchligini asrash mumkinligi aytib o‘tildi.

Shundan so‘ng, g‘oliblar eʼlon qilinib, natijalarga ko‘ra: 3-o‘rin Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi Soatovlar oilasiga, 2-o‘rin Milliy gvardiya Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi Dusmonovlar oilasiga, faxrli 1-o‘rin Milliy gvardiya Toshkent shahar harbiy qismlarining birida xizmat qilayotgan kapitan Davlatovlar oilasiga nasib etdi.

G‘oliblarga diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

Shuningdek, Milliy gvardiya Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘asi topshirildi.

Text to speech